Tramp prezident bo‘lsa, Qrimni Rossiyaniki deb tan olishi mumkinligini aytdi

Jahon 08:54 / 28.07.2016 15237

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp saylovlarda g‘olib bo‘lsa, Qrimni Rossiyaning bir qismi ekanligini tan olish va sanksiyalarni bekor qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi. Milliarder bu haqda 27 iyulda Floridadagi matbuot anjumanda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Politico nashri.

Bundan tashqari, Tramp agar prezident bo‘lsa, Vashington va Moskva munosabatlari yaxshilanishi, "chunki ular hozirdagidan yomonroq bo‘lishi mumkinmasligini" aytdi. 

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt Trampning prezident etib saylanishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga "sovg‘a" bo‘lishini aytib o‘tdi. "Ko‘pchilik Donald Tramp prezident etib saylansa, milliy xavfsizligimizga ziyon yetishini ta'kidlashmoqda. Aslida u nomzodini qo‘yishi bilanoq ziyon yetkazib bo‘ldi", deb aytgan Olbrayt.

Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, Tramp ommaviylik bo‘yicha raqibi Xillari Klintondan 3 foizga oldinlab ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: