Meksikada o‘qituvchilar orasidagi ommaviy to‘polon videoga tushdi

Jamiyat 07:42 / 28.07.2016 5310

Meksikaning Sakatekas shahrida o‘qituvchilar kasaba uyushmasi anjumanida ishtirokchilar orasida ommaviy to‘polon chiqdi. Bu haqda mahalliy Segundo a Segundo sayti xabar berdi.

Anjumanda kasaba uyushmaning yangi yetakchisi saylandi. Aynan shu holat to‘polonga sabab bo‘lgan. Bunday hollarda odat bo‘lganidek, bir nomzodning g‘alabasi ikkinchi nomzod tarafdorlarini qoniqtirmadi. Biroq meksikalik o‘qituvchilar o‘z noroziliklarini tinchgina bildirishni istashmadi va buni anjumanlar zalida ko‘rsatishga qaror qilishdi.

Videoda jiddiy kostyumlardagi erkak va ayollar dahanaki jangdan keyin bir-birlariga qo‘l ko‘tarishga o‘tganlarini ko‘rish mumkin. So‘ngra ikki qarama-qarshi tomon bir-biriga stullar ota boshlagan. Bir necha daqiqadan keyin zal haqiqiy jang maydoniga aylanib ketdi. OAVda 15 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

O‘qituvchilarning asablari dosh bera olmaganiga sabab bor, chunki ular bir yildan ko‘proq vaqtdan beri mamlakatdagi ta'lim sohasidagi islohotlarga norozilik bildirib kelishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: