Medvedev Federal bojxona xizmati rahbarini lavozimidan bo‘shatdi

Jahon 16:41 / 28.07.2016 4709

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev RF Federal bojxona xizmati rahbari Andrey Belyaninovni iste'foga chiqarish haqidagi qarorga imzo chekdi. U, o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan, deyiladi hukumat hujjatida. 

Shu bilan birga, Bojxona xizmati rahbarligiga Vladimir Bulavin tayinlangan. U bungacha, Rossiya prezidentining Shimoli-G‘arbiy federal okrugidagi maxsus vakili vazifasini bajargan. 

Dmitriy Medvedev Bulavin bilan uchrashuvida, FBXda ko‘plab muammolar to‘planib qolganini ta'kidlagan hamda Bojxona xizmatining yangi rahbari yuklarning chegara orqali o‘tishi va bojxona to‘lovlarini qabul qilish borasida davlat manfaatlarini himoya qilishiga umid bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: