“Hech qachon hech qachon dema” yoxud Britaniyaning eng yirik oilasida 19-farzand dunyoga keldi

Jahon 17:11 / 28.07.2016 17824

Britaniyaning Morkam shahridagi er-xotin oilasida 19-farzand dunyoga keldi, deb yozmoqda The Sun nashri. Nashr ushbu oilani “mamlakatda a'zolari soni bo‘yicha eng yirik oila” deb atagan.

The Sun ma'lumotiga ko‘ra, 41 yashar Syu va 46 yashar Noel Redfordlarning to‘ng‘ich farzandining yoshi 27 da. Bu safar juftlik qiz ko‘rishdi. Onaning aytishicha, bu oxirgisi ham emas. 

«Hech qachon hech qachon dema», — dedi Syu. Ma'lum bo‘lishicha, ayol 2014 yilda 19-farzandidan ayrilib qolgan ekan. O‘shanda u homiladorlikning 23-haftasida bo‘lgan.

Syu ilk bor 14 yoshida homilador bo‘lgan edi. O‘shanda yosh juftlik farzandni dunyoga keltirishga ahd qilishadi. Oila Noel Redfordning nonvoyxonasi ortidan kun ko‘radi. Ular har hafta oziq-ovqat mahsulotlari uchun 300 funt sterling (400 dollar) atrofida pul sarflashadi.

Ko‘proq yangiliklar: