Turkiya energetika vaziri: Rossiya bilan iqtisodiyotdagi barcha loyihalar qayta ko‘rib chiqiladi

Jahon 00:10 / 27.07.2016 4303

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy va energetik sohalardagi hamkorlik munosabatlarning normallashtirilishi maqsadida  qayta ko‘rib chiqiladi, deb aytdi HuberTurk turk kanali efirida Turkiya energetika vaziri Barat Albayrak. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. 

26 iyulda Moskvaga Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Shimshek va iqtisodiyot vaziri Nixat Zaybakchi boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi keldi. Ular Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich va energetika vaziri Aleksandr Novak bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Tomonlar savdo va energetika sohasidagi munosabatlarni tiklashni muhokama qilishdi. Jumladan, muzokaralarning asosiy mavzularidan biri "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Novak gaz quvuri qurilishi Turkiya manfaatlariga to‘liq javob berishini va bu loyihaning amalga oshirilishi Turkiyaga gazning yetkazilishini ishonchli va nafli qilishini aytib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: