Toshkent shahri bozorlarida sotuvchilar beyjik bilan ta'minlanadi

O‘zbekiston 17:17 / 27.07.2016 10785

Toshkent shahridagi barcha bozor va savdo majmualari ishchilari hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari farqlash belgilari (beyjiklar) bilan ta'minlanadi. Hokimning bu haqdagi qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e'lon qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha, beyjik bozorlar va savdo majmualari ma'muriyati tomonidan taqdim etiladi. Joriy etilayotgan yangilik xaridorlarga qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Har bir jamiyatda farqlash belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish va nazoratini olib borish uchun alohida bo‘lim tashkil etish yoki mutaxassis lavozimini kiritish taklif etilmoqda.

Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan uch oy muddat o‘tgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: