Russeff va Lula da Silva Rio Olimpiadasi ochilishida ishtirok etishdan bosh tortdi

Sport 10:01 / 27.07.2016 4989

Impichment orqali Braziliya prezidentligidan chetlatilgan Dilma Russeff hamda mamlakatning sobiq prezidentlari Fernandu Enriki Kardozu (1995-2002) va Luis Inasiu Lula da Silva (2003-2010) Rio-de-Janeyrodagi 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

"Men Olimpiada o‘yinlari ochilishida ishtirok etmayman", deya ma'lum qilgan Russeff Radio France Internationale uchun bergan intervyusida.

U 180 kun muddatga o‘z lavozimidan chetlatilgan.

U Olimpiada mezbonligi mamlakatning sobiq prezidenti Lula la Silvaning sa'y-harakatlari evaziga qo‘lga kiritilganini eslatib o‘tgan.

Folha de Sao Paolo portali xabariga ko‘ra Lula da Silva va Kardozu ham ochilish marosimida qatnashmaydi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi marosimda ishtirok etishi uchun Braziliyaning 2 sobiq prezidenti, Joze Sarneya (1985-1990) va Fernandu Kolora di Meluni (1990-1992) taklif qilgan.

Rio-Olimpiadasi 5-21 avgust kunlarida o‘tkaziladi. Ochilish marosimi "Marakana" o‘yingohida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: