OAV: Turkiyada harbiy sudlar tizimi tugatilishi mumkin

Jahon 19:39 / 27.07.2016 5126

Turkiya harbiy sudlari tizimi jiddiy o‘zgarishlarga uchrashi va balki to‘liq tugatilishi ham mumkin, deb yozmoqda Hurriyet gazetasi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat siyosiy partiyalari, Turkiya konstitutsiyasiga harbiy sudlarning vakolatlarini cheklovchi tuzatishlar kiritishni muhokama etmoqda. Xususan, ushbu tuzilmalarga barham berib, armiya ixtiyorida faqatgina intizomiy sudlarni qoldirish taklifi bildirilmoqda. Qurolli kuchlar nizomining buzilishidan boshqa har qanday harbiy ishlarni fuqarolik sudlari ko‘rib chiqadi. 

Boshqa taklifga ko‘ra, barcha harbiy sudlarni Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi ixtiyorida qoldirish va ularning hukmini Oliy sud bilan kelishish nazarda tutilmoqda. 

Bundan tashqari, armiya ustidan bevosita nazoratni hukumatga topshirish bo‘yicha tuzatishlar ham ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, Bosh shtabni prezident yoki Vazirlar mahkamasiga bo‘ysundirish yo‘li ham muhokama etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: