Xitoy janubiga Mirinae to‘foni yopirildi

Jahon 08:34 / 27.07.2016 5613

Xitoyga yopirilgan Mirinae to‘foni 26 iyul kechki payt mamlakatning janubidagi Xaynan oroliga yetib keldi va hukumatni shtorm ogohlantirishini e'lon qilishga majbur qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.  

To‘fon joriy yilda Xitoyga yopirilayotgan uchinchi to‘fon bo‘ldi.

To‘fon Dungao uyezdiga mahalliy vaqt bilan soat 22.20 da yetib keldi va uning maksimal tezligi soatiga 100 km ga yetgan. Ma'lum qilinishicha, shtormdan oldin 25 mingta baliq ovlovchi shxuna dengizdan sohilga qaytgan. Shuningdek, Xaynan va Guandan viloyati orasida barcha yo‘lovchi kemalarining harakatlanishi to‘xtatilgan. 

Ma'lum qilinishicha, to‘fon o‘zi bilan Xaynan oroli, Leychjou yarimoroli, Guandun viloyati va Guansi-Chjuan muxtor tumaniga kuchli shamol va jalali yomg‘irlar olib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: