Estoniya 2017 yilda Yevropa Ittifoqida Buyuk Britaniya o‘rniga raislik qiladi

Jahon 07:25 / 27.07.2016 3011

Estoniya 2017 yilning ikkinchi yarmida Brexit tufayli Yevropa Ittifoqi kengashida raislik qilishdan voz kechgan Buyuk Britaniyaning o‘rniga raislik qiladi, deb ma'lum qilindi Estoniya hukumati matbuot xizmatida.

Estoniyaga raislikni berish qarori Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan 26 iyulda qabul qilindi. Kengash xabarida aytilishicha, Buyuk Britaniyaning raislik qilishdan voz kechishi sababli kengash raislik qilish jadvalidagi tartibni oldinga surdi. Shu tariqa, 2018 yilning birinchi yarmida Buyuk Britaniyadan keyin raislikni olishi kerak bo‘lgan Estoniya buni 6 oy oldinroq qilishga kirishadi. 

Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqida Slovakiya raislik qilmoqda, undan keyin esa raislik Maltaga o‘tadi. 
Belgiya Buyuk Britaniya o‘rniga boshqa davlatni qo‘yishga tayyorligini bildirdi, biroq bu taklif Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Shundan keyin muddatlarni yarim yil oldinga surishga qaror qilindi.. Estoniyadan keyin kengashda Bolgariya (2018 yil 1-yarmi) va Avstriya (2018 yil 2-yarmi) raislik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: