Buyuk Britaniya restorani mijozi kechki ovqat uchun 1 mln funt to‘ladi

Jamiyat 16:32 / 27.07.2016 7993

Buyuk Britaniyadagi restoranlardan birida kechki nonushta uchun uch xil taomni tamaddi qilgan kishi bank kartochkasi bilan to‘lovni amalga oshirishda jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan. Uning klavishalarni bir necha bor bosishi 1 mln funt sterlingga tushgan. 

Hodisa Shotlandiyaning Inveruri shahridagi hind restoranida yuz bergan, deb yozadi The Evening Express. Ikki o‘rtog‘i bilan kechki ovqatlanishga kelgan erkak hisob uchun 100 funt to‘lashga qaror qilgan. U, pin-kodini birinchi marta noto‘g‘ri kiritgach, bankka telefon qilib, kodni olgan. Shundan so‘ng, amalga oshirilgan to‘lov chekida esa, 1,00608204 mln ko‘rsatilgan edi.

Buni ko‘rgan restoran egasi ham o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Biroq, kartochka egasi sovuqqonlik bilan bankka telefon qilib, to‘lovni bekor qilishni so‘ragan. 

Restoran egasining qayd etishicha, ushbu kechki tanovulga xizmat ko‘rsatish uning 30 yillik biznesi tarixidagi eng serdaromadlisi bo‘lishi mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: