Avstraliya fuqarosi asosiy sovrini Kusaiye tropik oroli (Mikroneziya federativ shtatlari) bo‘lmish lotereya g‘olibi bo‘ldi.
Orol 90-yillarda Kusaiyening o‘zida istiqomat qilgan avtraliyalik Dag va Salli Baytslarga tegishli bo‘lgan. Ular oroldan Avstraliyaga nevaralari uchun borishgan va o‘sha yerda qolib ketishgan.
O‘yinda 50 mingdan ziyod kishi ishtirok etgan. G‘olibning to‘liq ismi-sharifi aytilmagan, faqat uning nomi Joshua ekanligi ma'lum qilingan xolos.
Er-xotin Baytslarning ma'lum qilishicha, ular orolni qay yo‘l bilan sotishni bilishmagan. Lotereya ularning o‘g‘li Adamga tegishli bo‘lgan va u orolni lotereyaga yutuq sifatida qo‘yish tashabbusi bilan chiqqan.