Apple «Mashinada karaoke» shousini sotib oldi

Fan-texnika 16:24 / 27.07.2016 3366

Apple kompaniyasi ommaviy shou bo‘lmish Carpool Karaoke («Mashinada karaoke»)ning barcha huquqlarini sotib oldi. Bu haqda Deadline xabar bermoqda.

Kompaniya shouni Apple Music obunachilari uchun ishga tushirishni mo‘ljallamoqda. Karaoke «The Late Late Show With James Corden» («Jyeyms Kordenning juda ham kechki shousi») dasturining bir qismi bo‘lgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Korden amaliy prodyuser sifatida tayinlangan va loyihani davom ettirishi ma'lum qilingan.
Apple musiqa xizmati foydalanuvchilari uchun har hafta bir marta eksklyuziv loyihani taqdim etishni rejalashtirgan. Kompaniya tasarrufida ayni damda 16 ta shou mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: