Krasnodar o‘lkasining Anapa shahrida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Uylardagi quduqdan birida uch kishining jasadi topildi.
Ulardan biri quduqdagi nasos ishlayotganini tekshirish uchun pastga tushgan. Lekin quduq tubida mazasi qochib, o‘lib qolgan.
Ikkinchi kishi unga yordam berishga pastga tushayotganda 8 metrga borib dimiqib, xushini yo‘qotgan va halok bo‘lgan. Uchinchi erkak ularni qutqarishga uringan va o‘zi ham nobud bo‘lgan.
Ayni vaqtda ekspertiza xulosalari o‘rganilmoqda.