Amerikalik yuk mashinasida Pensilvaniya shtatidagi Pittsburg shahrida joylashgan Federal qidiruvlar byurosi bo‘limining xizmat avtoturargohi hududiga kirish darvozasini buzib kirdi. RT’ning ma'lum qilishicha, yuk mashinasi rulida ogayolik Tomas Ross ismli erkak bo‘lgan.
U bundan avval bir nechta chorrahalarni qizil chiroqqa bosib o‘tgan. Politsiya mashinani to‘xtatmoqchi bo‘lganda, haydovchi bomba portlatishi bilan tahdid qila boshlagan.
Samosval ko‘rinishidagi yuk mashinasi tezlikni oshirib, FQB binosi tomonga burilib, darvozaga kelib urilgan. Mashina zarbadan havoga ko‘tarilib ketgan va chiroq ustuniga borib urilgan. Voqea oqibatida haydovchining o‘zi jabrlangan, u miyasidan jarohat olgan.
Mashinada portlovchi moddalar aniqlanmagan. Rossga politsiya taqibidan qochish, mashinani xavfli boshqarish, yo‘l harakati qoidalarini buzish hamda ming dollarlik davlat mulkiga ziyon yetkazish bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi.