AQShning RC-135V harbiy samolyoti yana Rossiyaning Kaliningrad shahriga maksimal darajada yaqinlashdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, razvetka samolyoti bo‘lgan 64-14844 bort raqamli RC-135V Boltiq dengizi tomonidan Rossiya chegarasiga 10 ming metrgacha yaqinlashgan. Britaniyaning Mildenxoll aviabazasidan «sayrga chiqqan» samolyot Shimoliy dengiz, Daniya va Boltiq dengizining janubiy qismi bo‘ylab parvoz qilgan.
Parvozning nima maqsadda amalga oshirilgani aniq emas. Katta ehtimol bilan bu AQSh Rossiyaning «qitig‘ini keltirish» uchun qilgan navbatdagi «yurish»...