Totti bugungi kun futbolchilarini ko‘chmanchilarga qiyosladi

Sport 22:37 / 26.07.2016 5369

«Roma» jamoasi futbolchisi Franchesko Totti Mirolim Pyanich hamda Gonsalo Higuainning «Yuventus»ga o‘tgani haqida fikr bildira turib, jamoalarini osonlik bilan o‘zgartirgan bu futbolchilarni tanqid qildi.

«Bugungi kun futbolchilari – ko‘chmanchilarga o‘xshaydi. Ular pul ortidan quvib, qalbga quloq solishmayapti. Men balki mana shu jihat bilan boshqalardan ajralib turarman.

Kamdan-kam sportchilargina yurak amriga bo‘ysunadi. Agar men pulni deganimda 10 yil oldin «Roma»dan ketgan bo‘lardim. Ammo men uchun pullar emas, futbol beradigan ehtiros muhimroq.

Men hamisha jamoam ranglarini sevganman va hamisha faqat shu jamoa libosini kiyishni istayman», – deya Tottining so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Ayni vaqtda 39 yoshda bo‘lgan Totti rimliklar jamoasi sharafini 1991 yildan buyon himoya qilib keladi. Bundan oldinroq, u yangi mavsumda jamoasi bilan chempion bo‘la olmasa, futbolchilik faoliyatini yakunlashini aytgandi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: