YuNeSKOning ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Istanbulda bo‘lib o‘tgan 40-sessiya natijalariga ko‘ra, jahon merosi ro‘yxati 41ta obektga ko‘paygan. Bu haqida Gazeta.ru ma'lum qildi.
Endilikda ro‘yxatdan Eronning Dashti-Lut sahrosi, Xitoyning Shennuntszya o‘rmon hududi, Hindistondagi Nalanda monastiri o‘rin oldi. Shunisi quvonarliki, ushbu ro‘yxatga g‘arbiy Tyan-Shan (“Samoviy tog‘lar”) ham kiritildi. Tyan-Shanning YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishiga uch mamlakat – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ariza bergan.
Revilya-Xixedo arxipelagi, Meksika
Le Korbyuze arxitekturasi
Kanchenjanga tog‘li hududi, Hindiston
Dashti-Lut sahrosi, Eron
Filipp arxeologik majmuasi, Gretsiya
O‘rta asrlarning monumental qabr toshlari, Bosniya va Gertsogovina
Mistaken Point arxeologik obidasi, Kanada
Sanganeb milliy parki va Dungonab o‘rami, Sudan
Gorama g‘orlari, Gibraltar, Buyuk Britaniya
Shennuntszya o‘rmon hududi, Xitoy
Armanistonning o‘rta asrlardagi poytaxti — Ani shahri xarobalari, Turkiya
Fors arqonlari (kanallari), Eron
G‘arbiy Tyan-Shan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston
Ennedi tog‘ platosi , Chad
Belu-Orizonti shahrining Pampulya tumani ansambli, Braziliya
Anteker dolmenlari, Ispaniya
Nan-Madol shahri xarobalari, Mikroneziya
Janubiy Iroq ahvari, Iroq
Nalanda monastiri, Hindiston
Qirollik verflari (kemalar quriladigan yoki ta'mirlanadigan ustaxona), Antigua va Barbuda
Xua tog‘lari qoyasidagi tasvirlar, Xitoy