2017 yilda Ostona vokzali rekonstruksiyadan chiqadi. Bu haqda BNews.kz xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, yangi vokzalda poyezdlar uch qavat bo‘lib to‘xtaydi. U bir yilda 12 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata olishi alohida ta'kidlangan.
Vokzalning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, poyezdlar kutish zalining ichigacha kirib boradi. Kutish zali esa uch qavatdan iborat bo‘ladi. Vokzal to‘liq issiq va sovuqdan birday himoyalaydigan oynalar bilan qoplangan.