Mishel Obama Trampni keskin tanqid qildi

Jahon 13:01 / 26.07.2016 7291

AQShning Demokratik partiyasining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan umummilliy s'yezdida ma'ruza qilgan Mishel Obama, Donald Trampning ismini tilga olmagan holda unga nisbatan eng jiddiy tandiqiy ma'ruza qildi. U,  shuningdek, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Bundan tashqari, birinchi xonim shubhasiz "Amerika hamon buyuk davlat" ekanini ta'kidlagan. Uning bu so‘zlari, prezidentlik uchun kurashayotgan Donald Trampning "Amerikani yana buyuk qilamiz" nomli saylovoldi shioriga javob bo‘lgan. Amerikalik siyosatchilar, aynan Mishel Obama tomonidan Trampning so‘zlari rad etilishi muhim ahamiyatga egaligini ta'kidlashgan. 

Ekspertlar, bir ovozdan Mishel Obamaning 15 daqiqalik ma'ruzasini kuchli, hissiyotlarga boy va eng "jiddiy aksiltramp ma'ruza" deya baholashdi.

Ko‘proq yangiliklar: