Kanadada bir ayol jarohatlovchi quroldan uyi atrofida pokemonlar tutish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarni o‘qqa tutdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Mahalliy politsiyada ma'lum qilinishicha, 29 yoshli ayol ikki qavatli uyining tomidan odamlarga qarata kamida 4 ta o‘q uzgan. Ta'kidlanishicha, ayol uyi atrofida pokemonlar tutish bilan ovora bo‘lgan o‘nlab odamlar to‘planib olgan.
Endi ayol ziyon yetkazish maqsadida qurol saqlash va hujum qilishda ayblanmoqda. Bu ayblovlarga ko‘ra u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Politsiyada qo‘shimcha qilinishicha, "pokemonchilardan" hech kim jabrlanmagan.