Afg‘onistonda IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Jahon 22:54 / 26.07.2016 9985

Afg‘oniston hukumat kuchlari IShID yetakchilaridan biri Amaratini yo‘q qildi. Umumiy hisobda reyd davomida 120 ga yaqin terrorchi yo‘q qilingan. 

Mutaxassislarning fikricha, Amarati eng nufuzli dala qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan, u birinchi bo‘lib "Tolibon" yetakchilariga xiyonat qilib, IShID rahbariyatiga sodiqlikka qasamyod qilgan. Uning o‘limi IShIDning Afg‘onistondagi imkoniyatlariga putur yetkazishi kerak.

Hukumat kuchlari shuningdek jangarilar tomonidan egallangan Kot okrugidagi hududlarni ozod etdilar. Reydlar Kobuldagi teraktga javob bo‘ldi. 

23 iyulda xudkush Kobulda xazarlarning namoyishida o‘zini portlatgani oqibatida 80 kishi halok bo‘lgan, 231 kishi yaralangandi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar uch kishi bo‘lgan. Ulardan faqatgina biri portlovchi moddani harakatga keltira olgan. Ikkinchi terrorchining bombasi ishlamay qolgan, uchinchisi esa voqea joyida yo‘q qilingan. 

Namoyishga chiqqan odamlar Turkmanistondan Kobulga o‘tkazilayotgan elektr uzatish liniyasini xazarlar yashaydigan viloyatdan o‘tkazishni talab qilgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: