Jizzax viloyat hokimligining majlislar zalida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyat Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiyada tumanlardan tashrif buyurgan faol va iqtidorli yoshlar o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdi.
Konferentsiyada so‘z olgan “Kamolot” YIH Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov Konferentsiya ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ , eng aziz bayram – mustaqilligimizning 25 yillik tantanasi bilan samimiy qutlab, o‘tkazilayotgan tadbir va loyihalarning barchasi yoshlarimizning porloq kelajagini, iste'dodini ro‘yobga chiqarish yanada yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotganligi, shunga qaramasdan ayrim yoshlarimizning bilib-bilmasdan noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketayotganligini inobatga olgan holda oldimizda dolzarb vazifalar turganini va bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Konferentsiya kun tartibidagi masalalardan biri, Kengash raisi va o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar o‘qib eshittirildi.
Harakatning Jizzax viloyat Kengashi raisi lavozimiga viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, hozirda viloyat Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shukurov Orif Jumaboyevich delegatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.
Shundan so‘ng viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari saylab olindi. Unga ko‘ra viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarligiga hozirda harakatning Jizzax tuman Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xolmatov Nuriddin Ibadullayevich,viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimiga esa hozirda ushbu lavozimda faoliyat olib borayotgan Qobilov Faxriddin Nuriddinovich saylandi.
Konferentsiya so‘ngida harakat tizimida faollik ko‘rsatgan yoshlarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘lari topshirildi.