O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari rahbarlari o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi

O‘zbekiston 16:45 / 25.07.2016 19879

24 iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev qozog‘istonlik hamkasbi Karim Masimov bilan telefon orqali suhbatlashgan. Bu haqda Masimov o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqoti tashkil etildi", deya yozgan vazir.

U tvitterida muloqotning tafsilotlarini keltirmagan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yilning 23 noyabrida o‘rnatilgan.

Ikki davlat munosabatlari Abadiy do‘stlik haqidagi kelishuv va Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida rivojlanib kelmoqda.

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchisi Yerik Utembayev 8 iyun kuni o‘tkazilgan brifingda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 5 mlrd dollarga yetkazilishini ma'lum qilgandi.

2015 yil yakunlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 3 milliard dollarni tashkil etgan.

O‘zbekistondan Qozog‘istonga paxta tolasi, kimyoviy mahsulotlar, plastmassa, ko‘mir, poliz ekinlari hamda boshqa xo‘jalik mahsulotlari eksport qilinadi.

O‘zbekiston Qozog‘istondan neft mahsulotlari, un mahsulotlari, bug‘doy va don mahsulotlari, rangli metallar, neorganik kimyo mahsulotlari hamda oziq-ovqat mahsulotlari import qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: