O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan munosabatlarining muhim bosqichi o‘laroq 1992 yilning 2 mart sanasini hisoblash mumkin, aynan shu kunda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining to‘laqonli a'zosi bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi BMT Sammitida e'lon qilingan barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro kun tartibiga birlashib, milliy miqyosda 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarish majburiyatini o‘z buyniga oldi. Bunda milliy miqyosda Birlashgan Millatlar Tashkilotining (bundan buyon BMT) Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha tizimli va maqsadli ishlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 15 fevralda 111-f-sonli farmoyishi qabul qilindi. Mazkur hujjatga binoan Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi, mavzuga oid ishchi guruhlar, ishlar rejasi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Respublika xalqaro hamkorligining muhim yo‘nalishlaridan biri mehnat munosabatlari sohasidagi faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) bilan xususan muqobil va munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash yo‘nalishida faol hamkorlik yuritadi. Respublika XMT ning 13 ta konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Ijtimoiy-mehnat sohasini rivojlantirish, aholi real daromadining o‘sishini ta'minlash, mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilash, unumdor bandlik sohalarini kengaytirish va mehnat muhofazasi va havfsizlik darajasini oshirish maqsadida 2014 yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va XMT o‘rtasida hamjihatlik haqida Memorandum imzolanib, ushbu Memorandum respublika uchun 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan adolatli mehnat Dasturini o‘z ichiga oladi.
Har yili 10-15 martadan ziyod davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminar-treninglar va boshqa tadbirlar, shu jumladan Mamlakat Adolatli mehnat dasturini amalga oshirilishini muhokama qilish bo‘yicha hududlarga chiqishlar amalga oshiriladi. Ularda muntazam ravishda mamlakat parlamentining vakillari, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyalari, Jahon banki, O‘zbekistondagi horijiy davlatlar elchixonalari, BMT Rivojlanish dasturi, YeI, YeHHT, YUNISEF, F.Ebert Fondi delegatsiyalari, Germaniya, Daniya, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston, Litva, Moldova, Rossiya, Fransiyadan xalqaro ekspertlar ishtirok etadi
Mazkur tadbirlar doirasida XMT, JB, XKK, YeI, xorijiy mamlakatlar Elchixonalari va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari respublikada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholab, O‘zbekiston Hukumatining qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga sodiqligini ta'kidlashmoqda.
Alohida ta'qidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasining XMT, JB, XKK, XIT va boshqa xalqaro hamjamiyatlar bilan konstruktiv hamkorligi mustahkamlanib, xalqaro mehnat standartlari va me'yorlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq va maqsadli chora-tadbirlar qabul qilinib, respublika qishloq xo‘jaligida mehnat sharoitlari yaxshilanmoqda.
2015 yilning noyabr oyida Jahon bankining rahbariyati O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurib, uning yakunlari bo‘yicha Vashingtonda JB vitse-prezidentlari Siril Myuller va Lora Tak, shuningdek XMT bosh direktorining muovini Sandra Polaski ishtirokida 2015-yil paxta mavsumi yakunlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligida bolalar va majburiy mehnatni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston hukumatining erishgan taraqqiyoti mavzuida qo‘shma brifing o‘tkazildi. Brifing boshidanoq S.Myuller ta'kidladiki, uning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha u O‘zbekiston hukumatining umuman iqtisodiyotni va xususan qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qat'iy sodiqligiga ishonch hosil qildi. Shundan so‘ng o‘sha davrda Markaziy Osiyo bo‘yicha JB ning hududiy direktori lavozimida faoliyat yuritgan Saroj Kumar Ja joriy yilda bolalar va majburiy mehnatni bartaraf etishda hukumat tomonidan amalga oshirilgan amaliy chora-tadbirlar haqida so‘zladi. Xususan, uning ta'kidlashicha, 2015-yilda paxta terim mavsumida respublikaning pedagogika va tibbiyot hodimlari o‘z ish joylarida bo‘lib, maktablar, kollejlar, tibbiyot muassasalari, savdo nuqtalari, dorixonalar va boshqa ijtimoiy obektlar odatiy rejimda ishladi. Shu bilan birga S.Ja mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdiki, ushbu chora-tadbirlar O‘zbekisotn hukumati uchun vaqt bilan belgilanadigan xarakterga ega emas, mamlakat hokimiyatining butun qishloq xo‘jaligini isloh qilish va paxta ishlab chiqarishida kvotalar tizimidan chiqishga intilishini ko‘rsatadi. Hukumat maqsadlarining jiddiyligi sifatida u qayd qildiki, qishloq xo‘jalik sektorida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, qishloq xo‘jalik diversifikatsiyasi va ishlab chiqarish jarayonlarini mashinalashtirish darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirishni davom ettirish maqsadida 2015 yilning 16 noyabr kuni mamlakat hukumati tomonidan “2016-18 yillarga mo‘ljallangan qishloq xo‘jalikda mehnat sharoitlari, bandlik va ishchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha harakatlar Dasturi” tasdiqlandi.
O‘zbekistonga E.Bill boshchiligidagi AQSh Mehnat Vazirligining delegatsiyasining yaqindagi tashrifi chog‘ida (2016 yilning mart oyining oxirida) tegishli ma'ruzalar va hisobotlarni tayyorlashda keyinchalik foydalanishda qo‘llash uchun ijtimoiy hamkorlar (Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi) tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi.
Mazkur tashrif chog‘ida AQSh Mehnat vazirligining vakillari qishloq xo‘jalik sub'yektlari, to‘qimachilik fabrikasi, kasb-hunar kollejida bo‘lib, o‘z ko‘zlari bilan yaratilgan mehnat sharoitlari, ularda xalqaro va milliy mehnat standartlarining qo‘llanilishini ko‘rib, bolalar va majburiy mehnatga shart-sharoitlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishdi.
O‘z navbatida XMT, XKK, XIT va konvensiyalar va tavsiyalarni qo‘llash bo‘yicha XMT ekspertlari Qo‘mitasi eng nufuzli va mustaqil xalqaro tashkilotlar bo‘lib, O‘zbekiston bilan faol hamkorlikni yuqori baholab qo‘llab-quvvatlaydi, respublikada adolatli mehnat sharoitlarni ta'minlashda jiddiy taraqqiyotni tan olib, qabul qilingan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda O‘zbekistonni XMT konvensiyalarini bajarishda nuqsonlarga ega bo‘lgan 50 mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilishini tavsiya etmaydilar. Xususan, Xalqaro mehnat konferensiyasining 105-sessiyasi chog‘ida (2016 yilning iyun oyi) XMT bosh direktori tomonidan alohida ta'kidlandiki, “mamlakat xalqaro hamjamiyatga o‘z ochiqligi, XMT ning ratifikatsiya qilingan Konventsiyalari doirasida qabul qilingan majburiyatlarni bajarishga yuqori sodikligini namoyish etdi. Respublikaning mazkur yo‘nalishdagi ishi boshqa mamlakatlar, ayniqsa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun munosib namuna bo‘la oladi”.
Unumli hamkorlik natijasida 2015 yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining (XKK) qo‘shilgan a'zosi, Savdo-sanoat palatasi esa – Xalqaro ish beruvchilar tashkilotining (XIT) to‘laqonli a'zosi bo‘ldi. Yo‘lga qo‘yilgan konstruktiv hamkorlikning mantiqiy davomi sifatida 2016 yil mart oyining oxirida rasmiy tashrif bilan Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasining delegatsiyasi Bosh kotib Sharan Barrou boshchiligida O‘zbekistonda bo‘ldi.
Muzokaralar chog‘ida Sharan Barrou mamlakat rahbariyatining oqilona va uzoqni o‘ylab tutilgan siyosati natijasida O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilib, iqtisodiyot uzluksiz rivojlanayotgani, Respublika aholisining farovonligi o‘sayotganini alohida ta'kidladi. O‘zbekiston Respublikasining Hukumati mansabdor shaxslarning imkoniyatlarini oshirish, ish beruvchilar, ishchilar va butun aholining xalqaro mehnat standartlari, XMT konvensiyalarini bajarish masalalari bo‘yicha habardorligini oshirishga alohida e'tibor qaratayotgani muhimdir.
Mehnat dialogi sohasida O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligiga alohida e'tibor qaratmoq lozim. Shunday ekan, bugungi kunda qator qo‘shma loyihalar amalga oshib va amalga oshishda davom etmoqda, ular ichidan Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritayotgan Kasb-hunarga o‘qitish markazini alohida qayd etish lozim, unda har yili O‘zbekiston Respublikasining 360 dan ziyod fuqarosi mehnat bozorida talabgor bo‘lgan kasb-hunarlarga ega bo‘lmoqda.
Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ta'mirlash-qurilish ishlari o‘z nihoyasiga yetkazilib, joriy yilning sentabr oyida bunday markazning Samarqand shahrida ishga tushirilishi kutilmoqda. Huddi shunday markazlarning Shaxrisabz, Qo‘qon va Urganchda tashkil etilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonning mehnat zahiralari imkoniyatlarini oshirishga ko‘maklashishga 1996 yildan faoliyat yuritayotgan bandlikni bartaraf etish tizimi ham qaratilib, unga ko‘ra Koreya Respublikasiga 50 mingga yaqin fuqaro yuborilib, ular vatanga qaytgach, zamonaviy ishlab chiqarishlarda mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishmoqda yoki O‘zbekistonda biznesning yangi turlarini tashkil etish tashabbuskori bo‘lishdi.
So‘nggi yillarda Yaponiya bilan yaqin aloqa o‘rnatilib, kunchiqar mamlakatda mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun har yili O‘zbekistonning 1,5 mingdan ziyod fuqarosi yo‘naltiriladi. RF bilan Rossiyada bandlikni bartaraf etish tizimini joriy qilish to‘g‘risida faol muzokaralar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik, shu jumladan eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash uchun 2020 yilga meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni 32 mln.gacha yetkazish bo‘yicha ishlar faollashtirildi, bu haqda Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi ochilishida ma'lum qilindi. Bunda qayd etildiki, O‘zbekiston mustaqillikka erishishidan avval yiliga 6 mln.gacha chigitli paxta yetishtirardi. Hozirgi vaqtda chigitli paxta yetishtirilishi yiliga 3 mln. tonnagacha qisqartirilib, bo‘shatilgan maydonlar oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan bug‘doy va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ajratildi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sabzavotlarni yetishtirish hajmi 8 barobar, mevalar – 5 barobar, poliz ekinlari – 8 barobar va uzum – 9 barobar o‘sdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 160 mingdan ziyod fermerlik xo‘jaliklari faoliyat yuritib, ular ichki va tashqi bozorni sifatli meva va sabzavotlar bilan ta'minlab bermoqda. Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga zamonaviy sovitadigan quvvatlarning yaratilishi ham yordam beradi. Mamlakatda 1,3 mingdan ziyod bir yo‘la saqlash quvvati 800 ming tonnadan ziyod bo‘lgan sovitish kameralari va saqlanadigan joylar ishlamoqda. Yarmarka chog‘ida joriy yilda umumiy quvvati 100 ming tonnadan ziyod bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 197 sovitish kameralarini tiklash va qurish rejalashtirilayotgani haqida axborot berildi. 2015 yilda O‘zbekiston 12,59 mln. tonna sabzavot, xususan kartoshka, shuningdek 1,85 mln. tonna – poliz mahsulotlari, 1,55 mln. tonna uzum va 2,73 mln. tonna meva yetishtirdi. Ushbu dasturlarning amalga oshirilishi o‘n minglab yangi ish o‘rinlari, adolatli mehnat sharoitlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash, uning daromadini oshirishga ko‘maklashadi.
2015-2016 yy.da o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida horijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari, xususan XMT Bosh direktori G.Rayder, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKK) Bosh kotibi Sharon Barrou, Koreya Mehnat vaziri Li Gi Kon, Markaziy Osiyo bo‘yicha Jahon Bankining hududiy direktori Saroj Kumar Ja, O‘zbekistonda Germaniya elchisi N.Xyofer-Vissing, Koreya elchisi Kvon Yon-U, Valerius Simulik boshchiligida O‘zbekiston bilan Litva Seymining parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruh rahbari va boshqalar bilan xalqaro hamkorlik kontekstida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, shu jumladan bandlik, mehnat huquqlarini ta'minlash va xalqaro mehnat standartlarini amalga oshirishi yuqori baholandi.
O‘zbekiston – mehnat munosabatlari sohasida xalqaro hamkorlik
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25614
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34528