Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerning bayonotiga ko‘ra, agar rasmiy Anqara o‘lim jazosini qayta joriy qiladigan bo‘lsa, YeI Turkiyaning ittifoqqa kirishi borasidagi muzokaralarni to‘xtatadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiya qurolli kuchlarining isyonchilar guruhi davlat to‘ntarishiga urinishgan edi. Shundan so‘ng, 13 ming kishi qo‘lga olindi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, mamlakat hukumatidan o‘lim jazosini tiklashni o‘ylab ko‘rishni so‘ragan edi. Uning fikricha, Turkiya xalqi shuni xohlamoqda.
Turkiya YeIga a'zo bo‘lish me'yori sifatida 2004 yili o‘lim jazosini bekor qilgan bo‘lsa-da, 1984 yildan beri oliy jazoni ijro etmagan.