Tomas Bax: rossiyalik sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishini sport federatsiyalari hal qiladi

Sport 00:01 / 25.07.2016 5361

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi a'zolari deyarli bir ovozdan rossiyalik sportchilarning Olimpiadada ishtirok etishini xalqaro sport federatsiyalari hal qilishiga ovoz berdilar. Bu haqda jurnalistlarga XOQ prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi.  

"Bu qaror doping qabul qilish uchun javobgarlik asosida bir ovozdan qabul qilindi", deb aytdi Bax.  

24 iyulda XOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasining XOQda a'zoligini to‘xtatmasligini va Rossiya terma jamoasini Olimpiadada ishtirok etishdan chetlatmasligini e'lon qildi. XOQ rossiyalik sportchilarning O‘yinlarga qo‘yilishini tegishli xalqaro sport federatsiyalari hal qilishini ma'lum qildi. Shu bilan birga rossiyalik yengil atletikachilar Olimpiadada ishtirok eta olmaydilar.

Ko‘proq yangiliklar: