Kristofer Ekersund chivin tutish bo‘yicha yangi jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Sveriges Radio xabar bermoqda.
Bu antiqa musobaqa Shvetsiyaning Everturneo shahrida bo‘lib o‘tdi.
G‘alaba uchun 42 kishi kurash olib bordi. Ularga 15 daqiqa ichida ko‘proq chivin tutish vazifasi yuklatildi. Eng yaxshi natijani Ekersund ko‘rsatdi – 135 hashorat.
Amaldagi chempion Tommi Kyuro 98 chivin tuta oldi va uchinchi o‘rinni egalladi.
"Ekersund ko‘p chivin tutish sirini ochishni istamagan", deb yozmoqda Svenska Dagbladet.
Shunchaki, qora kiyim kiyish va qotib turishni maslahat bergan.
Chempionat ikkinchi marta o‘tkazildi.