Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko Odessada o‘tkazgan matbuot-anjumanida bayonot berishicha, Rostov Ukraina shahri hisoblanadi, deb xabar qilmoqda "Vesti".
Savchenko Rossiyadagi qamoqxonada saqlanganida odessaliklarning unga yo‘llagan maktublari xususida to‘xtalib, hibsxonada yuz bergan voqealardan birini yodga olgan.
"Qamoqxonada menga aytishgan edi, "Odessa — ona bo‘lsa, Rostov — otadir". Shunday ekan, unutmaslik kerakki, Odessa — bu Rossiya emas, balki Rostov — bu Ukrainadir", — degan Savchenko.