Rosturizm rahbari Oleg Safonov Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoy hamkorlikda yangi sayyohlik brendini ilgari surish rejasi haqida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
Qayd etilishicha, bu haqda tomonlar XXRdagi yig‘ilishi chog‘ida e'lon qilgan.
««Buyuk choy yo‘li» brendi vositasida yangi sayyohlik mahsulotini taqdim qilmoqchimiz. Qayd etishni xohlardimki, biz bu yo‘nalishni hamkorlikda targ‘ib qilishni rejalashtirayapmiz», — degan Safonov.