Ramzon Qodirov Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashuvida AQSh va NATOni aybladi

Jahon 07:23 / 25.07.2016 12950

Checheniston rahbari lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi Ramzon Qodirov Kobuldagi teraktga izoh berib, Afg‘onistondagi beqaror vaziyat uchun AQSh va NATO javobgarlikka egaligini aytdi. U bu haqda instagramida yozdi.

"Afg‘onistonda 37 yil urush davomida tinchlik bir qadamga ham yaqinlashmadi. AQSh o‘zining bin Lodini bilan kurashish bahonasida bir necha o‘n yillarga cho‘zilgan fuqarolik urushini yuzaga keltirdi. AQSh va NATO afg‘on muammosini 2 yilda hal qilishi mumkin edi. Biroq ularga minglab musulmonlarning hayotini olib ketayotgan abadiy afg‘on qonli qozoni kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.  

Qodirov AQSh va NATO "musulmon davlatlarida yangi urushlarni yuzaga keltirayotganini" aytdi. Bundan tashqari, u Afg‘oniston yetakchilarini "o‘zlarining shaxsiy, etnik manfaatlari va ambitsiyalarini unutib, bu muammoni hal qilish uchun birlashishga" chaqirdi.

Avvalroq Kobuldagi teraktda kamida 80 kishi halok bo‘lgani, 231 kishi yaralangani ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: