Belgiyalik olimlar DNK-tahlili yordamida 1934 yil 17 fevraldagi baxtsiz hodisada aynan qirol Albert I qurbon bo‘lganini isbotlashdi.
Shu paytga qadar, Belgiya qiroli Albert I ning o‘limi bilan bog‘liq turli xil mish-mishlar hamon davom etadi. Belgiyaning Leven universiteti irsiyotchi mutaxassisi Martin Larmyuso va uning hamkasblari bu masalaga oydinlik kiritish va uzil-kesil barham berish maqsadida, 1934 yilgi voqea joyidan topilgan qon qoldiqlarining DNK namunasini uning uzoq qarindoshlari: bugungi kundagi tirik qirol Simeon II va nemis baronessasi Anna-Mariya Frayfrau fon Xaksxauzen DNK namunalari bilan solishtirishgan.
Tahlil, qon aynan Albert Iga tegishli ekanini tasdiqladi. Biroq, bu xulosa, qirol o‘limiga oid turli to‘qima nazariyalarga mos kelmaydi. Chunki, ularda qirolning o‘limiga hech kim guvoh bo‘lmagani aytiladi.
Turli xil ma'lumotlarga ko‘ra, qirol siyosiy suiqasd qurboni bo‘lgan. Ayrimlar, uning boshqa joyda o‘ldirilganini ta'kidlashadi. Go‘yoki uning jasadi Marche-les-Damesda topilmagan. Shu bilan birga, bu kabi taxmin va nazariyalar o‘z tasdig‘ini topmagan va ularning birontasini tasdiqlovchi dalil ham mavjud emas.