OAV: Yunker ichkilikbozlikka ruju qo‘ymoqda

Jamiyat 17:13 / 25.07.2016 6783

Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker ichkilikbozlikka ruju qo‘ymoqda, deb xabar qilmoqda Le Soir nashri Lyuksemburg matbuotiga tayangan holda.

Maqolada aytilishicha,«kashandalikka mukkasidan ketgan Jan-Klod Yunkerni vino yoki jin bilan aldab bo‘lmaydi». Siyosatchining ayrim lyuksemburglik hamkasblari hazil aralash «Jan-Klod Yunker ichmasa yaxshi ko‘rinmas»ligini uqdirishadi.

Ammo, nashr Yevrokomissiya rahbarining aqli joyida ekaniga shubha uyg‘otuvchi ikkitagina holatni yodga oladi. Birinchisi, 2015 yil mayida Rigada qayd etilgan edi. O‘shanda, Yunker Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanni «diktator kelmoqda» deya qarshilagan va yuziga yengil tarsaki tushirgan, buning ustiga Belgiya bosh vaziri Sharl Mishelning kalboshidan o‘pib qo‘ygandi. 

Ikkinchi marotaba, deb yozadi gazeta, o‘tgan yilning iyun oyida Yevropa kengashining matbuot anjumanida ko‘pchilik Yunkerning uyoqdan bu yoqqa borib kelayotganini va vaysayotganini ta'kidlashgan bo‘lsa-da, bu voqeaga oid videolavhalarni topishning imkoni yo‘q. 

Avvalroq, Politico nashri Yevrokomissiya raisini buyrak xastaligidan aziyat chekuvchi kashanda deb atagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: