Messi «Barselona» bilan Angliyaga yo‘l oldi

Sport 17:20 / 25.07.2016 7046

Yangi qiyofadagi Lionel Messi klubdoshlari bilan Angliya safariga jo‘nab ketdi.

Argentinalik futbolchiga Amerika Kubogi-2016 turniridagi ishtiroki uchun qo‘shimcha ta'til berilgandi va u iyul oyi oxirida safga qaytishi kutilayotgandi. Biroq u mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun ta'tilini bir necha kunga qisqartirib, jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shildi. Uning imiji keskin o‘zgargan va sochlari "oqargan".

«Barselona» bilan birga safarga Arda Turon, Luis Suares va Jyeremi Matyo ham jo‘nab ketishgan.

30 iyul kuni kataloniyaliklar klubi Shotlandiyaning «Seltik» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: