Meksikada ikkita shahar meri otib ketildi

Jahon 07:52 / 25.07.2016 5629

23 iyulda Meksikadagi Syudad-Altamirano (Gerrero shtati) shahrida mer Ambrosio Soto otib ketildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Syudad-Altamirano narkosavdogarlarning shtatdagi eng katta tayanch punktlaridan biri hisoblanadi.   

So‘l demokratik inqilob partiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 23 iyulda shuningdek Chyapas shtatidagi San-Xuan-Chamula shahri meri ham o‘ldirib ketilgan.

Ma'lum qilinishicha, oxirgi o‘n yil ichida mamlakatda 75 nafar mer o‘ldirib ketilgan.

Ko‘proq yangiliklar: