Isinbayeva inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga HOQ ustidan arz qiladi

Sport 14:03 / 25.07.2016 6222

Langarcho‘pda sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayeva Strasburgdagi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining ijroiya qo‘mitasi qarori ustidan ariza topshirmoqchi. Qo‘mita, uni va rossiyalik yengil atletikachilarning Rio-de-Janeyro Olimpiada musobaqalarida qatnashuvini taqiqlagan edi, deb oydinlik kiritgan sportchining murabbiyi Yevgeniy Trofimov "R-Sport" agentligiga. 

Yakshanba, 24 iyul kuni XOQ rossiyalik sportchilarning Olimpiadada ishtirokiga oid so‘nggi qaror qabul qilish huquqini xalqaro sport federatsiyalariga bergan edi. Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi  IAAF allaqachon shu mazmundagi qarorni qabul qilgan, unga ko‘ra 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlariga uzunlikka sakrash bo‘yicha AQShda mashg‘ulot o‘tkazuvchi rossiyalik Darya Klishinagina o‘yinda qatnasha oladi. 

"Lena XOQ ijroiya qo‘mitasining qarorini o‘zi va butun jamoa uchun asossiz deb baholagani bois, Strasburg sudiga murojaat qilmoqchi, — degan Trofimov telefon orqali suhbatda. — Biroq, uni ajablantirgan narsa, XOQning qaroriga Rossiya sport rahbariyatining munosabati bo‘ldi. Ular shunchaki, yelka qisib qo‘yishdi, xolos".

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Isinbayeva mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: