Amerikalik yozuvchi Ernest Xeminguey qiyofadoshlari tanlovida Deyv Xeminguey g‘olib bo‘ldi, deb yozmoqda Associated Press. G‘olib yozuvchining hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi.
Ma'lum qilishlaricha, Xeminguey familiyali kishi tanlovning 36 yillik tarixida ilk bor g‘olib bo‘ldi.
Tanlovda qatnashish uchun 140 kishi istak bildirgan va u yozuvchining sevimli maskani Sloppy Joe's barida (Ki-Uest, AQSh) o‘tkazilgan.
2014 yilda olti marta urinishdan so‘ng Uolli Kollinz ismli erkak ushbu tanlovda zafar quchgan edi.