GM Uzbekistan AJga yangi rahbar tayinlandi

Iqtisodiyot 15:11 / 25.07.2016 41530

Rajabov Rustam Baxtiyarovich GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining yangi rahbariga aylandi.

U ijro etuvchi organ rahbari sifatida 18 iyul kuni aksionerlar ishtirokida o‘tkazilgan yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 90 kun muddatga saylangan.

Rajabov 2016 yilning 20 iyulidan ushbu lavozimga tayinlangan, shu bilan bir vaqtda kompaniya Kuzatuv kengashiga besh kishi tayinlangan.

Jalilov Tohirjon Abdunabiyevichning tashkilot bosh direktori sifatidagi vakolati tugatilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2008 yilda AQShning General Motors (25 foiz) va O‘zbekistonning  "O‘zavtosanoat" AJ (75 foiz) tomonidan “O‘zDeuAvto” YoAJ o‘rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.

Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, Matiz, Spark, Captiva, miniven Orlando, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko‘rinishi Labo  kabi avtomobillar ishlab chiqaradi.

Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asosan Nexia, Cobalt, Matiz va Spark avtomobillaridan iborat.

Oxirgi vaqtlarda OAV O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan GM Uzbekistan bir necha bor mojarolarga o‘ralashib qolgani va huquqni saqlash muassasalari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: