Germaniyada suriyalik muhojir uzun pichoq bilan odamlarga hujum qildi

Jahon 00:18 / 25.07.2016 8838

Germaniyaning Roytlingen shahrida suriyalik yigit uzun pichoq – machete bilan odamlarga hujum qildi, deb xabar bermoqda Bild nashri. Hujum oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohat olgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, jinoyatchi Germaniyada kochqin maqomini olishni kutayotgan 21 yoshli suriyalik bo‘lib chiqqan. Hujum shahar markazidagi avtovokzal yonida sodir etilgan.    

Ma'lum qilinishicha, dahanaki jang oqibatida jinoyatchi pichoq bilan ayolga o‘limga olib keluvchi jarohatlar yetkazgan, keyinroq esa yaqin oradagi ikki kishiga ham jarohat yetkazgan. Bir necha daqiqalardan keyin politsiya jinoyatchini qo‘lga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: