Germaniya IIV rasmiy vakili Tobias Platening ma'lum qilishicha, mamlakatga tahdid xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
“Mamlakatga tahdid holati uzoq vaqtdan beri saqlanib turibdi”, - dedi Plate.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ansbaxda yuz bergan portlash oqibatida jabrlanganlar soni 14 kishiga yetgan, og‘ir jarohatlanganlar yo‘q.
IIVda ushbu portlashni Suriyadan kelgan 27 yoshli qochqin uyushtirgani haqida ma'lum qilishgan.