Bravo Pharmaceuticals va Onkologiya markazi memorandum imzoladi

Jamiyat 12:04 / 25.07.2016 9218

Hindistonning Bravo Pharmaceuticals kompaniyasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika onkologiya ilmiy markazi bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. 

Tomonlar, ushbu memorandum doirasida onkologiya, radiologiya va ilmiy-tadqiqot sohalarida kadrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan.
 
Bundan tashqari, xavfli kasallikni erta aniqlash va unga aniq tashxis qo‘yishda yangi zamonaviy texnologiyalar joriy qilinadi. 

Shu bilan birga, malaka darslari, seminarlar o‘tkaziladi, hamkorlikda onkologik dorilar ishlab chiqiladi hamda O‘zbekistondagi onkologiya laboratoriyalari takomillashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: