BMT: Afg‘onistonda tinch aholi vakillarining qurbon bo‘lishi rekord darajaga yetdi

Jahon 15:24 / 25.07.2016 7987

2016 yilning birinchi yarim yilligida Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan siyosiy inqiroz holatida tinch aholi vakillarining jabrlanishi bo‘yicha rekord daraja qayd etildi. Bu haqda BMT hisobotida ma'lum qilingan.

"2016 yilning yanvar oyidan iyun oyiga qadar tinch aholi vakillari orasidan halok bo‘lganlar soni 1601 kishini, yaralanganlar soni 3565 kishini tashkil etmoqda. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 foizga oshgan", — deb xabar qilmoqda BMT missiyasi.

Tashkilot hisobotida qayd etilishicha, Afg‘onistonda yashovchi tinch aholi vakillaridan halok bo‘lgan va jabrlanganlardan 1509 nafarini bolalar tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: