Bild tabloidi Tomas Baxni "Putinning iti" deb atadi

Sport 15:38 / 25.07.2016 8690

Germaniya sariq matbuot hisoblanadigan Bild gazetasida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qaroriga bag‘ishlangan maqolada tashkilot prezidenti Tomas Bax Rossiya prezidenti Vladimir Putinning pudeli (yungi jingalak xonaki it) sifatida baholandi.

Nashr Tomas Baxni Putin bilan qalin aloqalari tufayli rossiyalik sportchilarning Rio-2016 olimpiadasiga yo‘l olishiga imkon bergan.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 24 iyul kuni rossiyalik sportchilarning 2016 yil avgustida Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.

Undan oldinroq, rossiyalik yengil atletikachilarning doping muammosi tufayli Rossiya terma jamoasi to‘la tarkibda turnirdan chetlatilishi kutilayotgandi.

O‘tgan haftada bu nashr Rossiya olimpiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridagi medallar hisobini yuritmasligi va natijalari haqida ma'lumot bermasligini bildirib, boykot e'lon qilgandi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Rossiya olimpiya termasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida ishtiroki borasida aniq qarorni chetlab o‘tgan, deb yozdi nashr jurnalisti Valter Shtraten. U Bild o‘z qarorini qabul qilib bo‘lgani haqida aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: