Portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomeshning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha jarayon yakunlanish arafasida.
Futbolchi kataloniyaliklar klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Shartnomada futbolchining tovon puli miqdori 100 million yevro etib belgilanadi.
Gomesh chorshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolanadi.
«Barselona» uning transferi uchun «Valensiya»ga 35 million yevro to‘lagan. Yana 20 million yevro bonus sifatida to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Gomesh «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritsa, valensiyaliklar qo‘shimcha 15 million yevro olishadi.
Manba: Tribuna.uz