Yaponiyada Pokemon Go o‘yini bilan bog‘liq 100dan ortiq hodisa ro‘y berdi

Fan-texnika 18:14 / 25.07.2016 8403

Yaponiyada, Pokemon Go o‘yini rasman taqdim etilganidan beri, ushbu o‘yin bilan bog‘liq 100dan ortiq turli noxushliklar ro‘y berdi, deb xabar qilgan mamlakat bosh politsiya boshqarmasi. Mobil o‘yin ilovasi o‘tgan haftada chiqarilgan edi.  

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 4 kunda "avtomobil, mototsikl va velosiped boshqarish chog‘ida Pokemon Go o‘ynab ketganlar bilan 71ta hodisa ro‘y bergan". Bu voqealarda hech kim jabrlanmagan. 

Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab, ushbu o‘yin bilan bog‘liq 30dan ortiq voqea-hodisa qayd etilgan. Xususan, Nagoya shahridagi g‘arazgo‘y pokemonlarni qidirish bilan ovora bo‘lgan qizning sumkasini o‘g‘irlagan. Gifu prefekturasida Braziliya fuqarosi Pokemon Go o‘yiniga shunchalik berilib ketganidan, tezyurar poyezdi tonnelida ketayotganini payqamagan ham. U, 2 km masofani bosib qo‘ygach, politsiya idorasiga olib kelingan. 

Avvalroq, Vazirlar mahkamasi qoshidagi Kibernetika xavfsizligi va hodisalarning oldini olish milliy markazi, mahalliy aholiga Pokemon Go o‘ynash chog‘ida xavfsizlik choralarini unutmaslikni tavsiya etgan edi. Xususan, Markaz yurib hamda temir yo‘l tarmog‘i yaqinida o‘ynashdan qaytargan edi. Bundan tashqari, oddiy fuqarolar uchun kirish taqiqlangan hududlarga, garchi pokemon borligi ko‘rsatilsa ham kirmaslikni tavsiya etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: