Germaniyaning Ansbax meri Karda Zaydel shahardagi restoranlardan biridagi portlashga portlovchi qurilma sabab bo‘lganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Merning aytishicha, hozircha yuz bergan portlashlar soni ma'lum emas. Shuningdek, qurilmani kim harakatga keltirgani ham noma'lum.
Bavariya ichki ishlar vazirligi vakili portlash ataylab qilinganini tasdiqladi.
Avvalroq restorandagi portlashda bir kishi halok bo‘lgani, yana 11 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.