Hayotga avvalgi soddalik va yengillikni qaytarishga oid 30 foydali maslahat

Light 17:07 / 25.07.2016 20285

Qachonlardir biz xohlaganimizni yeb, xohlagan vaqtimizda uxlashga yotar edik, hayotga betashvish qarab, barcha muammolar vaqti kelib, o‘z yechimini topishiga ishonardik. Endi esa taomnomamizga ehtiyotkorlik bilan yondashamiz, kechgacha (ba'zida esa tuni bilan) ishlaymiz, asablar dam olishi uchun yoki shunchaki spirtli ichimlik ichamiz.

Keraksiz narsalarni harid qilamiz, umuman qiziqmagan ishimiz bilan shug‘ullanamiz va negadir doimo ertangi kundan cho‘chib yashaymiz. 

Doim nimadandir norozi bo‘lib, shikoyat qilamiz, charchaymiz va hamisha kimdandir o‘zib ketishga harakat qilamiz. Bu holatlar sizga ham tanishmi?

Keling, hayotimizni yengilroq o‘tishiga harakat qilamiz. Quyidagi 30 maslahat hayotingizni yaxshilashga va unga avvalgi yengillikni qaytarishga yordam beradi. 

1. Telepat misoli birovlarning fikrini o‘qishga qiziqmang. Boshqalardan ham buni kutmang. Ochiq muloqot qiling.

2. Xushmuomala bo‘ling, lekin barchaga birdek yoqishga harakat qilmang. Yaxshisi, haqiqatda muhim bo‘lgan munosabatlarga diqqatingizni qarating.

3. Sog‘lig‘ingizni asrang. Vaqtida uxlang. To‘g‘ri ovqatlaning. Miyangizni zo‘riqtirmang.

4. Ko‘rpangizga qarab oyoq uzating. O‘zingizga haqiqatda kerak bo‘lgan narsalarni xarid qiling. Keraksiz narsalardan xalos bo‘ling. “Qora kun”ga ma'lum bir summani saqlab qo‘ying, bu sizning xavfsizlik kamaringiz bo‘lsin.

5. Hasadga vaqtingizni ham, kuchingizni ham ketkazmang. Undan ko‘ra, hayotingizning turli damlarida o‘zingizga havas qiling.

6. Atrofingizni kamchiliklaringizni to‘ldiradigan kishilar bilan qurshang. O‘z navbatida, siz ham ularning kamchiliklarini to‘ldirasiz.

7.

8.  Eng muhim paytda boshqalarning fikriga qarab ish tutmang. O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan ishni qiling. 

9. Tushkunlikka tushsangiz yoki kayfiyatingiz yaxshi bo‘lmasa, darrov spirtli ichimliklarga yopishmang. Zero, ulardan o‘zingiz izlagan haqiqiy yengillikni topa olmaysiz.

8. Eng muhim paytda boshqalarning fikriga qarab ish tutmang. O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan ishni qiling. 

10.

11.

12. Yaqinlaringizga ularni sevishingizni tez-tez eslatib turing. Bu muhim.

13. Ortiqcha yuklarsiz sayohat qiling. Umuman o‘zingizni ortiqcha narsalardan xalos qiling.

14.

15.   Tozalash ishlarini keyinga qoldirmang. Ketingizdan hamma narsani tozalab yuring (idishingizni, ish o‘rningizni va h.k.), shunday qilsangiz, o‘zingizga yengil bo‘ladi. 

16. Ko‘proq tabassum qiling, hattoki begona yo‘lovchilarga ham. 15. Tozalash ishlarini keyinga qoldirmang. Ketingizdan hamma narsani tozalab yuring (idishingizni, ish o‘rningizni va h.k.), shunday qilsangiz, o‘zingizga yengil bo‘ladi. 

17.

18.   Biror nima ichgingiz kelsa, suv iching.

19. Shunchaki ermak uchun ovqatlanmang. Haqiqatda qorningiz ochganda ovqatlaning. 18. Biror nima ichgingiz kelsa, suv iching.

20. Kuningizga biroz jismoniy faollik qo‘shing. Piyoda yurish yoki yarim soatlik mashqlar minimal tonusni ushlab turish uchun yetarli. 

21. O‘zgartirishning iloji bo‘lmagan narsalarga o‘zingizni urintirmang. Qo‘lingizdan keladigan narsalarga diqqatni qarating.

22. Hayotiy tamoyillaringizni unutmang va shunga qarab harakat qiling. 

23.

24. Hozir sizga qanchalik yomon (yoki yaxshi) bo‘lmasin – hamma narsa o‘tkinchi. Buni shunchaki fakt sifatida qabul qiling. 

25.

26.   Faxrlanishingizga arzirli biror narsa qiling yoki yarating. Kichik g‘alabalar haqida unutmang, ularni nishonlang.

27. Hattoki 100 foiz haq bo‘lsangiz ham, bu birov uchun ham shunday degani emasligi haqida fikr yuriting.

26. Faxrlanishingizga arzirli biror narsa qiling yoki yarating. Kichik g‘alabalar haqida unutmang, ularni nishonlang.

28.

29.   “Rahmat” va “Uzr, men nohaq ekanman” sehrli so‘zlari barcha paytlarda ham dolzarb bo‘lgan. Ularni qo‘llang, haddan oshirmagan holatda, albatta.

30. O‘zingiz ustingizda ishlang, lekin tez o‘sib ketishga berilmang, bolalik va yoshlik chog‘laringizni unutmang.

Ko‘proq yangiliklar: