Turkiyada Gulen bilan aloqadorligi uchun Bank Asya faoliyati to‘xtatildi

Iqtisodiyot 21:52 / 24.07.2016 6506

Turkiyadagi Bank sohasi nazorati va boshqaruv agentligi Bank Asya bankining litsenziyasini bekor qildi. Bu bank mamlakatda harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan Fathulloh Gulenga aloqadorligi qayd etilgan.

Hürriyet xabariga ko‘ra, 18 iyul kuni Turkiya jamg‘armalarni sug‘urtalash Fondi ushbu bank faoliyatini vaqtinchalikka muzlatgan edi. Shu yilning iyunida Bank Asya banki aktivlari "moliyaviy barqarorlikni ta'minlash" maqsadida fond ixtiyoriga o‘tkazilgandi.

Bank Asya bankiga 1996 yilda asos solingan, u Turkiyadagi eng yirik banklar o‘nligiga kirardi. 2013 yilda ham mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu bankni Gulenga yaqinligi uchun ayblagandi. Bu ayblovdan keyin bank mijozlarining katta qismidan ayrildi. Uning 2014 yildagi daromadi 81 foizga kamaydi.

Ko‘proq yangiliklar: