AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp Fransiyadagi teraktlar tufayli bu mamlakatdan AQShga keluvchilarni jiddiyroq tekshirishga chaqirdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.
U bu chora AQShning ko‘pchilik uchun yopiq mamlakatga aylanishiga olib kelishini tan olgan.
Tramp terroristik hujumlar qayd etiluvchi barcha mamlakatlarning fuqarolariga nisbatan nazorat kuchaytirilishi kerakligini qayd etgan.