Rossiya banki Orel shahri tashkil topishining 450 yilligiga 3 rubllik kumush tanga chiqardi, deb ma'lum qilinmoqda Orel viloyati rasmiy portalida.
Ma'lum qilinishicha, tanganing bir tomonida Rossiya gerbi, ikkinchi tomonida esa Uspenskiy kafedral cherkovi tasviri, shahar manzaralari va Orlik daryosi ustidan o‘tuvchi Aleksandrov ko‘prigi tasvirlangan.
Ta'kidlanishicha, bunday tangalardan hammasi bo‘lib 3 mingta chiqarildi.
2015 yilda shunday qiymatdagi tanga pullar Sankt-Peterburgda BRIKS va ShHT sammitlariga zarb etilgandi.